Robben: "O'yin tugashiga ikki daqiqa qolganida bir janob chiqib, gol urib ketsa alam qilarkan"

Tolibjon Qosimov
15 avg 2013, 12:53
Gollandiya terma jamoasi qanot yarim himoyachisi Aren Robben, Portugaliyaga qarshi o'tkazilan o'rtoqlik uchrashuvi haqida o'z fikrlarini bildirib, terma jamoa bu o'yinda katta tajriba orttirganini ta'kidladi.
"Xalqaro o'yinda, mehmonda 1:0 hisobida oldinda borayotgan bo'lsang, albatta yutging keladi. Biroq, o'yin tugashiga ikki daqiqada qayerdandir bir janob paydo bo'lib, kerakli vaqtda, kerakli joyda paydo bo'lib gol urib ketsa alam qilarkan. Bu biz uchun dars bo'ldi. Umuman olganda biz o'yindan qoniqish hosil qildik desak ham bo'ladi. Biz uchun bu foydali o'yin bo'ldi", deya futbolchidan golland matbuoti iqtibos keldirmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com