“Real” yozda Mbappe bilan birga Salohni ham qo'lga kiritmoqchi

Eldor Akmurzayev
2 yanv 2020
So'nggi xabarlarga ko'ra, “Real” yozgi transfer oynasida shov-shuvli xaridlarni amalga oshirmoqchi.

“Qaymoqranglilar”ning nishonida yulduz futbolchilar, xususan, PSJ safidagi Kilian Mbappe ham turibdi.

Sky Sports jurnalisti Anjelo Manyante so'zlariga ko'ra, madridliklar “Liverpul” forvardi Muhammad Salohga jiddiy qizimoqda. Misrlik kelayotgan yoz “Real” uchun asosiy transfer maqsadi bo'ladi.

Saloh joriy mavsum klub libosida 23 o'yinda maydonga tushib, 16+4 natija ko'rsatishga erishdi.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports