

Ma'lumotlarga ko'ra, "Real" agentlari Braziliya terma jamoasi futbolchisining otasi bilan bog'lanib, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres uning o'g'liga qiziqish bildirayotganini ma'lum qilishdi. Shu bilan birga, ular Neymardan "Barselona"ni tark etishi haqida ochiqchasiga e'lon qilishni so'rashdi.
Florentino Peres amalga oshirmoqchi bo'layotgan transfer operaciyasi 400 mln. evroga tushadi. Neymarga yillik maoshi 35 mln. evro bo'lgan 5 yillik shartnoma va yana 30 mln. evro bonus taklif qilinmoqda. Peres futbolchining transfer huquqini sotib olish uchun 190 mln. evro to'lashga tayyor. Bu mablag'ni "Manchester Yunayted" ham taklif qilmoqda.
Peres Neymarning "Santos"dan "Barselona"ga o'tishi borasidagi muammolarni hisobga olib, muvaffaqiyatga umid qilmoqda.


