“Real” va “Atletiko” Ikardi uchun kurash olib boradi

7 fev 2019, 20:51
Milanning “Inter” klubi hujumchisi joriy yilning yozida jamoasi bilan xayrlashishi mumkin.

25 yoshli argentinalik futbolchining xizmatlariga Madridning ikki klubi – “Real” va “Atletiko” jiddiy qiziqishmoqda.

Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Futbolchining jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Ilgariroq Milan klubi rahbariyati Mauro bilan shartnomani uzaytirishi haqida xabarlar berilgandi.

Ikardi joriy mavsumda A seriyada 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As