"Real" transfer oynasi yopilguniga qadar 6 nafar futbolchisini sotishi mumkin

Sherzod Nurmatov
17 avg 2021, 20:05
Madridning "Real" klubi hali yozgi transfer kampaniyasini tugatmoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, avgust oxirigacha yana 6 futbolchi "qirollik klubi"ni tark etishi mumkin.

Gap himoyachilar Alvaro Odriosola va Xesus Valexo, yarim himoyachilar Isko, Dani Seblos va Martin Edegor, hujumchi Luka Yovich haqida bormoqda.

"Real" xarid qilishi mumkin bo'lgan yagona nomzod esa – PSJ forvardi Kilian Mbappe.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Chiringuito