"Real" Tangay agenti bilan muzokara o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
30 apr 2019, 10:31
"Real" vakillari "Lion" yarim himoyachisi Tangay N'Dombele agenti bilan uchrashishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub birinchi navbatda o'yinchining agenti bilan aloqa o'rnatib, N'Dombelening kelajakdagi rejalari haqida bilib olmoqchi. Xavbekni sotib olishga "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda. N'Dombeleni xarid qilish oson bo'lmaydi, chunki unga PSJ va "Yuventus" ham da'vogarlik qilmoqda.

22 yoshli N'Dombele 2018 yilning yozida "Amen"dan "Lion"ga o'tgan edi. Transfer 8 mln. evro evaziga amalga oshgan. Joriy mavsum futbolchi Liga 1ning 30ta uchrashuvida maydonga tushib, 6ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS