"Real" klubi yozda "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani xarid qilishga urinib ko'radi.
Bu haqda "AS" nashri xabar bermoqda. 27 yoshli francuzning sotib olinishini "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning shaxsan o'zi xohlamoqda.
"Real" Pogbaning transferiga 100 million evro ajratishga tayyor.