"Real" futbolchisi atayin sariq kartochka olgani uchun ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
8 dek 2017, 12:12
UEFA tartib-intizom qo'mitasi Real himoyachisi Daniel Karvaxalni APOEL (6:0) bilan o'yindagi harakati uchun jazoladi.

UEFA reglamentiga ko'ra ispaniyalik futbolchi atayin sariq kartochka olgani uchun ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi. U o'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda to'pni autdan otishda vaqt cho'zgani uchun sariq kartochka olgandi.

Karvaxal guruh bosqichining 6-turidan o'rin olgan Borussiya D (3:2) bilan o'yinni o'tkazib yubordi, endi u YCHL 1/8 finali dastlabki uchrashuvida ham maydonga tushmaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com