Rasmiy xabar. "Barselona" Xavini tanishtirdi

Aslanov Jasurbek
8 noya 2021
"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Xavi bugun rasman tanishtirildi.

41 yoshlik kataloniyalik sobiq futbolchi "Kamp Nou"da klub prezidenti Joan Laporta va muxlislar qarshisida shartnoma imzoladi. 

"Men klubdan va barcha muxlislardan minnatdorman. Bu aqlbovar qilmaydigan darajadagi holat. Biz dunyoning eng yaxshi klubimiz. Ko'plab sovrinlar qo'lga kiritish uchun ko'p mehnat qilishimiz kerak",- deydi Xavi.

 Professional futbolchilik faoliyatining asosiy qismini "Barselona"da o'tkazgan Xavi klub bilan 2024 yilgacha shartnoma imzoladi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Чемпионат