Rasman: “Vest Xem” o'z tarixidagi rekord transferni amalga oshirdi

Eldor Akmurzayev
30 avg 2022, 09:00
“Lion” hamda Braziliya TJ yarim himoyachisi Lukas Paketa faoliyatini Angliyada davom ettiradi.

“Vest Xem” 25 yoshli futbolchini klub uchun rekord summa – 61,6 mln evro (18,6 mln bonus) evaziga sotib oldi. Shuningdek, francuz klubi Paketaning keyingi sotuvi summasidan 10 foizni qo'lga kiritadi. Shartnoma 5+1 ko'rinishida imzolandi.

Londonliklarning yangi futbolchisi “Liona” safida hozirgacha 80 bahsda qatnashib, 21+14 natija ko'rsatgandi. Terma jamoada esa u 33 o'yinda 7 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: whufc.com