Sergey Lushchan "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
19 iyul 2024
"Navbahor" jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lgani haqida xabar bergan edik.

Bugundan e'tiboran Sergey Lushchan rasman "lochinlar"ning yangi ustoziga aylandi. Tajribali mutaxassis klub bilan shartnoma imzolagan. Sergey Lushchan uchun "Navbahor" murabbiylik faoliyatidagi beshinchi jamoa bo'ldi. Bundan avval u "Bunyodkor", "So'g'diyona", "Dinamo", "Shaxtyor" (Belarus) klublarida ishlagan.

Sergey Ivanovich bunga qadar "Odil Ahmedov FA"da texnik direktor lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Eshitdik-da! Sergey Lushchan "Navbahor" bosh murabbiyi 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia