

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, endilikda "lochinlar"ni ikkinchi davrada Sergey Lushchan boshqaradi. Klub so'nggi vaqtlarda "Odil Ahmedov FA"da texnik direktor lavozimida ishlayotgan mutaxassis bilan kelishuvga erishgan.
Sergey Lushchan uchun "Navbahor" murabbiylik faoliyatidagi beshinchi jamoa bo'ladi. Bundan avval u "Bunyodkor", "So'g'diyona", "Dinamo", "Shaxtyor" (Belarus) klublarida faoliyat olib borgan.



