Rasman: "Milan" Gattuzo klubni tark etishini tasdiqladi

28 may 2019, 20:55
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoani tark etmoqda.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Shuningdek, "Milan" rahbariyati 1,5 yil ichida qilgan mehnatlari uchun Gattuzoga o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi. Joriy mavsum "rossonerilar" Gattuzo boshqaruvida A Seriyada 5-o'rinni qayd etib, Yevropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

Sal avval klub sport direktori Leonardo ham o'z lavozimidan ozod etilgan edi. Braziliyalik menejer 2018 yil iyul oyidan beri ishlab kelayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: acmilan.com