Rasman: "Arsenal" Gabriel Jezusning transferini e'lon qildi

Alisher
4 iyul 2022, 13:35
"Arsenal" "Manchester Siti"dan hujumchi Gabriel Jezusning transferini e'lon qildi.

O'yinchi klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Forvard 9-raqamda harakat qiladi va tez orada mavsum oldi tayyorgarligi uchun "to'pchilar" tarkibiga qo'shiladi.

Hujumchi o'tgan mavsum "Manchester Siti" tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 12ta assist qayd etdi. Jezus jamoada 2016 yildan beri o'ynayotgandi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: arsenal.com