Ramos "Renn" bilan o'yinni ham o'tkazib yuborishi mumkin. U hali PSJda debyut qilmadi

Aziz Tukhtamuradov
2 okt 2021, 08:34
PSJ himoyachisi Serxio Ramos jarohatidan tiklanishni davom ettirmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, 35 yoshli ispaniyalik futbolchi "Renn"ga qarshi o'yin oldidan jamoasi bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etmagan. 

As nashri xabariga ko'ra, ushbu o'yinda Ramosning ishtiroki so'roq ostida. Uning qachon maydonga qaytishi noma'lum. 

Ramosning o'zi tezroq maydonga qaytish istagida. Ammo murabbiy va PSJ shifokorlari bu borada tavakkal qilmoqchi emaslar. 

Eslatib o'tamiz, Serxio Ramos iyul oyida klub safiga kelib qo'shilgandi. Ammo hozircha u parijliklar safida maydonga tushgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS