"Qo'qon-1912": Futbolchilarimiz kichik tatilga chiqishdi

Narzulla Saydullayev
3 okt 2016, 07:14
Milliy terma jamoamizning Jahon chempionati saralash turniridagi o'yinlari sababli oliy ligada qisqa muddatli tanaffus yuzaga keldi.
Shu sababli  “Navbahor” bilan bo'lgan o'yindan keyin futbolchilarimizga 5 oktyabr kuniga qadar dam berildi. Jamoamiz a'zolari 5 oktyabr kuni Chirchiq shahrida to'planishadi va bu yerda navbatdagi tur o'yinlariga tayyorgarlik jarayoni davom ettirishadi.

Eslatib o'tamiz, jamoamiz navbatdagi 25-turni 14 oktyabr kuni Toshkent shahrida “Lokomotiv”ga  qarshi o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz