"Qizilqum" Toshkentda "Bunyodkor" va "Paxtakor" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
9 okt 2018, 16:56
Qisqa tanaffusdan keyin "Qizilqum" kecha Navoiyda yig'ilib, "Neftchi"ga qarshi tayyorgarlikni boshladi.

Superligada FIFA kunlari munosabati bilan katta tanaffus yuzaga kelgan. "Qizilqum" futbolchilari ayni kunlarda Navoiyda mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda. Yig'in davomida futbolchilar 14-15 oktyabr kunlari Toshkentda "Bunyodkor" va "Paxtakor" jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishlari rejalashtirilgan.

"Qizilqum" Superligada navbatdagi uchrashuvni 19 oktyabr kuni Farg'onada "Neftchi"ga qarshi o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia