PSJ Ryudigerning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda

Alisher
15 dek 2021, 15:28
PSJ "Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudigerning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Bir necha hafta oldin Fransiyada Parij klubi sport direktori Leonardo va Ryudigerning agenti va akasi Sarxon Senezi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

28 yoshli himoyachining "Chelsi" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq xabar berilganidek, "Real" Ryudiger bilan shartnoma imzolash uchun bosh da'vogar hisoblanadi. Klub o'yinchi bilan yozda erkin agent maqomida shartnoma imzolamoqchi.

Nemis futbolchisi 2021/22 yilgi mavsum "Chelsi" tarkibida barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild