Pogba va uning agenti talablari tufayli "Barselona" fransiyalikni xarid qilmasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
27 sen 2018, 15:18
"Barselona" rahbariyati "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba transferi borasida ikkilanmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik transferiga ketadigan xarajatlar Kataloniya klubi rahbariyatini o'ylantirib qo'ygan. Ushbu transferga kamid 100 mln evro sarflanadi, ammo bu  hali hammas emas. Pogba yangi jamoasida yiliga 12 mln evro ishlab topmoqchi, uning agenti Mino Rayola esa ushbu transfyerdan yaxshigina pul ishlab olmoqchi.

"Barselona"ning ikkilanishidan uch klub foydalanib qolmoqchi. PSJ, "Real" va "Yuventus" Pogba uchun talab qilinayotgan mablag'ni berishga tayyor.

Oldinroq, futbolchi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan kelisha olmay qolgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo