Pires: "Zidan bilan suhbatlashdim, u "Real"ning CHLda keyingi bosqichga chiqishiga ishonadi"

Aslanov Jasurbek
22 fev 2018, 11:53
"Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Rober Pires "Real" hamda PSJ o'rtasidagi Chempionlar ligasi chorak finali uchun kurash haqida fikr bildirdi.

Birinchi uchrashuvda Zinedin Zidan shogirdlari 3:1 hisobida g'alabaga erishishdi.

"Real" Chempionlar ligasida meni hayron qoldirmayapti. Bu turnirni LaLiga yoki mamlakat Kubogi bilan solishtirib bo'lmaydi. Chempionlar ligasida ko'pchilik haqiqiy "Real"ni ko'rmoqda, chunki jamoa bu turnirda g'olib chiqmoqchi. PSJga qarshi ilk uchrashuvdan so'ng Zidan bilan suhbatlashdim va u jamoaning keyingi bosqichga chiqishiga ishonadi. Ha, javob o'yinida nima bo'lishini bilmaymiz. Fransiyada ko'plab gazetalar PSJ futbolchilari g'alabaga ishonishi haqida yozishdi, ammo "Real" bu turnirda katta tajribaga ega" - deydi Pires.

PSJ va "Real" o'rtasidagi javob uchrashuvi 6 mart kuni Parijda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca