Peres "Real"ni keskin tarzda yoshartirmoqchi

Mirjalol Normatov
17 noya 2019, 13:55
"Real" kelasi yili kimlarni jamoa tarkibiga jalb qilishni o'ylab oldi.

"El Desmarque" xabariga ko'ra, "Real" prezidenti Florentino Peres bir yo'la 4 futbolchini transfer qilmoqchi. Asosiy nishon - "Red Bull" futbolchisi Erling Xoland. Ushbu mavsumda u 18 o'yinda 26 gol kiritdi.

Shuningdek, nomzodlar qatorida "Vilyareal" futbolchisi Samuel Chukveze, "Everton" hujumchisi Moyze Kin hamda "Chelsi"da porlayotgan Kallum Xadson-Odoi kabi futbolchilar ham bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Desmarque