O'zbekiston U-17 o'smirlari Avstriya o'smirlari bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
6 sen 2013, 10:47
Avstriyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 5 sentyabr kuni Avstriya U-17 o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'rtqolik uchrashuvida maydonga tushdi va 1:1 hisobida durang o'ynadi.
O'smirlar o'rtasidagi (U-17) jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 4-9 sentyabr kunlari Avstriyada navbatdagi yig'inini o'tkazishi haqida xabar bergan edik. Mazkur yig'in davomida Nuraliev shogirdlari 5 hamda 7 sentyabr kunlari mezbon - Avstriya o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan edi.

Terma jamoalar 5 sentyabr kuni dastlabki uchrashuvini o'tkazishdi va 1:1 hisobida durang o'ynashdi. O'zbekiston o'smirlarining uchrashuvdagi goliga yarim himoyachi Ravshanbek Hursanov mualliflik qildi. Nuraliev shogirdlari Avstriyaga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini 7 sentyabr kuni o'tkazishadi.

Eslatib o'tamiz, Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi shu yilning 17 oktyabr - 8 noyabr kunlari BAA mamlakatida bo'lib o'tadigan U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichida ishtitrok etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com