O'zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi iste'foga chiqarildi

23 may 2018, 01:46
“Tyumen” klubi jamoa bosh murabbiyi Vladimir Maminov bilan kelishuvni bekor qildi.

Maminov Sibir klubini 2017 yil 31 avgustda qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida jamoa 28 ta uchrashuv o'tkazib, 8 marta g'alaba qozongan bo'lsa, shuncha uchrashuvda durang qayd etdi. 12 ta bellashuvda tyumenliklar mag'lubiyat alamini tatib ko'rishdi.

Natijada “Tyumen” MFL ( Rossiya premer ligasidan keyingi o'rinda turuvchi Milliy futbol ligasi)da 19-o'rinni band etib, musobaqani tark etdi.


O'xshash yangiliklar


Manba: "Тюмен" ФК расмий сайти