O'zbekiston MTJning sobiq yarim himoyachisi “Aktobe”ni boshqarishga yaqin

Eldor Akmurzayev
12 yanv 2020, 21:00
O'zbekiston milliy jamoasining sobiq yarim himoyachisi Vladimir Maminov murabbiylik faoliyatini Qozog'istonda davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda “Sport24”.

45 yoshli mutaxassis “Aktobe”da ish boshlashga yaqin. Maminovning so'nggi ish joyi “Tyumen” klubi bo'lgandi. Shuningdek, u “Lokomotiv” (Moskva), “Rubin”, “Ximki” hamda “Solyaris” jamoalarida ham faoliyat olib bordi. 

Eslatib o'tamiz, Maminov O'zbekiston terma jamoasi safida 12 o'yinda qatnashib, 3ta gol urishga erishgandi. 

Ma'lumot o'rnida, “Aktobe” o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Qozog'iston chempionatida so'nggi o'rinni olib, quyi divizionga tushib ketdi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Спорт24