O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Milliy futbol markazida yig'in boshladi

Sherzod Nurmatov
13 fev 2026, 16:07
U-17 Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugundan Milliy futbol markazida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi.

Sergey Chigodaev boshqaruvidagi jamoa yig'inning ikkinchi qismini 18-24 fevral kunlari Minsk shahrida davom ettiradi va ananaviy Rivojlanish Kubogi xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etadi.

O'zbekistonliklar musobaqaning "B" guruhidan o'rin olgan bo'lib, Belarus, Ozarbayjon va Rossiyaga qarshi bahs olib boradi.

19 fevral 

Belarus – O'zbekiston


20 fevral

Ozarbayjon – O'zbekiston


21 fevral 

Rossiya – O'zbekiston


Murabbiylar shtabi tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Olim Shomurodov ("Paxtakor"), Denis Juravlyov ("Paxtakor"), Abdulboriy Zoidjonov ("Lokomotiv")

Himoyachilar: Mashhur Abdisoliev ("Nasaf"), Mirjamol Anvarov ("Odil Ahmedov FA"), Jahongir O'ktamboev ("Bunyodkor"), Adis Abdunabiev ("Oq-tepa"), Abubakir Rahimov ("Odil Ahmedov FA"), Elsevar Olimov (Respublika futbol akademiyasi - RFA)

Yarim himoyachilar: Muhammadjon Mamatov ("Paxtakor"), Amirxon Erkinov ("Odil Ahmedov FA"), Islom Ravshanov ("Paxtakor"), Mirkomil Murodov ("Bunyodkor"), Odilxon Orifxonov ("Odil Ahmedov FA"), Ahror Rashvanbekov ("Andijon"), Suhrob Sadirjonov ("G'azalkent"), Bilol Aliev (RFA), Rustam Toirov ("Do'stlik"), Muhammadumar Yusupov ("Lokomotiv")

Hujumchilar: Rustam Aliev ("Surxon"), Laziz Abduraimov ("Bunyodkor"), Asil Aliev ("Andijon")

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати