O'zbekiston olimpiya terma jamoasi nazorat o'yinida "Lokomotiv Tbilisi"ni mag'lubiyatga uchratdi

Narzulla Saydullayev
21 fev 2019, 22:34
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu kunlarda Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida o'quv mashg'ulot yig'ini o'tkazayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Bugun terma jamoamiz Ispaniyadagi ikkinchi nazorat o'yinida maydonga tushdi. "Pinatar" stadionida "Lokomotiv Tbilisi" jamoasiga qarshi kechgan o'yinda vakillarimiz 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

Nazorat uchrashuvi
San-Pedro-del-Pinatar, "Pinatar" stadioni
O'zbekiston OTJ - "Lokomotiv Tbilisi" 3:2
Gollar: 
Bobur Abduxoliqov (10,32), Oston O'runov (41)
O'zbekiston OTJ (boshlang'ich tarkib): Umid Ergashev, Dilshod Saidov, Ilhom Qobilov, Husniddin G'ofurov, Ilhom Alijonov, Oybek Rustamov, Oston O'runov, Aziz Amonov, Nurillo To'xtasinov, Bobur Abduxoliqov, Mirjahon Mirhamidov.
Zaxiradan tushganlar: Abdulla Abdullaev, Islom Rashidxonov, Sanjar Qodirqulov, Suhrob Nurulloev, Abror Ismoilov.
 
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida kelasi yil Taylandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Saralash bahslari Toshkentda o'tkazilib, terma jamoamiz a'zolari Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz