

Avvalroq ushbu uchrashuvni o'tkazish uchun “Bunyodkor” stadioni tanlangan edi. Biroq ushbu stadion 1 sentyabr kuni Suriyaga qarshi bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi dastlabki o'yinga yaxshi holatda tayyor bo'lishi uchun, 24 avgustdagi o'rtoqlik uchrashuvini Toshkentdagi boshqa o'yingohda o'tkazishga qaror qilindi.
Shunday qilib, O'zbekiston – Burkina-Faso nazorat uchrashuvi 24 avgust kuni “Paxtakor” stadionida, soat 20:00da start oladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi yig'ini 20 avgustdan boshlanadi.



