Otabek Zokirov: "Hamma xato qiladi"

13 apr 2018, 17:58
Kecha superliga 6-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.

Ushbu turda Olmaliqning AGMK jamoasi "Qo'qon-1912" klubiga qarshi bahs olib bordi va nursiz durang qayd etdi. Uchrashuvdan so'ng AGMK jamoasi futbolchisi Otabek Zokirov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qo'qon-1912"ga qarshi uchrashuvda murabbiyimiz bergan ko'rsatmalarni to'g'ri bajargandik, afsuski biroz omadimiz kelmadi. Bu yilgi Superliga bahslarida barcha o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Shuning uchun ham har bir jamoa maydonga faqat g'alaba qozonish uchun chiqyapti. 

Biz barcha raqib jamoalarni hurmat qilamiz. Chempionatda oson o'yinning o'zi yo'q. Har bir o'yinda g'alaba qozonishimiz shart. Hakamlik borasida hech narsa deya olmayman. Hamma xato qiladi. Sekin-asta barchasi yaxshi bo'ladi. AGMK jamoasining ichki muhiti a'lo darajada. Bosh murabbiy Viktor Kumikov kuchli mutaxassis, juda ham talabchan inson", - deydi Otabek Zokirov


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia