O'rtoqlik uchrashuvi. Suriya Yaponiya bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2017, 17:39
O'zbekiston terma jamoasining JCH-2018 saralashidagi guruhdoshi Suriya terma jamoasi bugun Yaponiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Ikkinchi bo'lim boshida suriyalik Mardik Mardikyan hisobni ochishga erishdi. Oradan 10 daqiqa o'tgach maydon egalari vakili Konno hisobni tenglashtirdi - 1:1. O'yin oxiriga qadar ushbu hisob o'zgarmay qoldi.

Suriya terma jamoasi 13 iyun kuni JCH-2018 saralashi doirasida Xitoy bilan o'ynaydi. Suriya ayni paytda 8 ochko bilan guruhda O'zbekistondan keyingi 4-o'rinda bormoqda.

O'rtoqlik uchrashuvi. 7 iyun 2017
Yaponiya - Suriya 1:1
Gollar:
Konno 58 - Mardik Mardikyan 48

Yaponiya: Kavasima, Konno, Yoshida, Nagatomo, Sakai, Shoji, Kagava, Xaraguchi, Yamaguchi, Osako, Kubo
Zaxiradan tushganlar: Kurata, Xonda, Ideguchi, Inui, Asano, Okazaki

Suriya: Ibrohim Alma, Ahmad Al Solih, Moayad Ajan, Omar Al Midani, Amro Jenyat, Tamer Muhammad, Mahmud Al Mavas, Xolid Mobayed, Zahir Midani, Fahd Yussuf, Mardik Mardikyan
Zaxiradan tushganlar: Nassux Al Nakdali, Vael Al Rifae, Ala Al Shbli, Ahmad Al Doni, Oday Al Jafal


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia