
Futbolchi ikkinchi bosqichning 1-turida “Zomin”ga qarshi uchrashuvida oyog'idan jarohat olgandi. Tekshiruvlar shuni ko'rsatdiki, Usmonxo'jaev ushbu mavsumda boshqa to'p tepa olmaydi. Tez orada jarrohlik stoliga yotadigan yarim himoyachi 2014 yilning qolgan qismini davolanish bilan o'tkazadi.
Aytish kerak, Usmonxo'jaev mavsum boshida ham jiddiy jarohat olib, salkam uch oyni maydon tashqarisida o'tkazib yuborgandi.