"Oltin to'p" sohiblari yana faqat jurnalistlar tomonidan aniqlanadi

Aslanov Jasurbek
20 sen 2016, 14:14
Fransiyaning "France Football" nashri 2016 yildan "Oltin to'p" toshpiriladigan qoidalarni e'lon qildi.

Endi ovoz berish jarayonida avvalgidek faqat jurnalistlar qatnashadi. Shu bilan birga, endi nomzodlar 23 nafar emas, 30 nafar bo'ladi.

2010 yildan hozirgi vaqtgacha sovrin "FIFA Oltin to'pi" deb nomalangan va uning ovoz berish jarayonida terma jamoa sardorlari, murabbiylar va jurnalistlar ishtirok etgan. Hozir sovrin avvalgi formatga qaytdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France Football