"Nyukasl" braziliyalik vunderkind uchun muzokaralarni davom ettirmoqda

Sherzod Nurmatov
21 yanv 2023, 18:38
Angliyaning "Nyukasl" klubi "Flamengo"ning yosh istedodi Mateus Franka uchun muzokaralar olib borishda davom etyapti.

Ingliz klubi yanvar oyi boshida o'smir futbolchi uchun ehtimoliy transfer borasida kelishuvga erishish uchun aloqalar o'rnatilganini tasdiqlagan edi. Avvalroq Braziliya chempionati vakili "Bayer" Leverkuzenning Franka uchun yuborgan 10 mln funtlik taklifiga rad javobini bergan edi. "Nyukasl" vositachilar orqali taxminan 14 mln funtlik taklif kiritgani ma'lum bo'lmoqda. Biroq Janubiy Amerika klubi 18 yoshli istedodli futbolchi uchun ko'proq mablag' talab qilmoqda va uning ortidan 18 mln funt foyda ko'rishni rejalashtirmoqda. Frankaning vaziyati "Lion" va "Real" tomonidan ham jiddiy kuzatib borilmoqda. Shu oyda Andrey Santosni "Chelsi"ga boy bergan "hakkalar" Braziliya futbolining yana bir istiqbollaridan birini boy berib qo'ymoqchi emas. 

23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar termasi vakili so'nggi bir yilda "Flamengo"ning asosiy tarkib o'yinchilaridan biriga aylandi. U amaldagi klubi bilan 2027 yilga qadar mo'ljallangan 75 mln funtlik tovon puli ko'rsatilgan shartnomaga ega.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: 90 min