Nodirbek To'ychiev: "Terma jamoa muxlislar klubiga yetakchini haqiqiy ishqibozlar orasidan tanlab olishsa yaxshi bo'lardi"

14 noya 2017, 15:48
Kuni kecha O'FF majlislar zalida oliy liga klublari muxlislar klubi yetakchilari bilan uchrashuv o'tkazildi.


Ushbu yig'ilishda qatnashgan "Andijon" muxlislar klubi yetakchisi Nodirbek To'yichev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Kuni kecha O'FF majlislar zalida oliy liga muxlislar klubi yetakchilari bilan yig'ilish bo'lib o'tdi. U yerda majlisni Aziz Pattaxov va yana bir kishi boshqardi. Ularni aytgan barcha gaplarini eshitdik. Shundan so'ng savol-javobga navbat berildi. Muxlislar navbati bilan gapirishayotganda har birini gaplarini bo'lib qo'yishdi. Muxlislarni gapini eshitishi kerakku! Bo'lmasam nima uchun u erga futbol muxlislarini chaqirib majlis o'tkazishdi? 

Yig'ilishga Buxorodan, Qashqadaryodan, Samarqanddan, uzoq joylardan muxlislar yetakchilari tashrif buyurishdi. U yerda muxlislarni ham biroz aybi bo'ldi. Hakamlar masalasiga o'tib ketishdi. U yerda muxlislar haqida muhokama qilinishi kerak. Hakamlar haqida emas. Futbol kim uchun? Muxlislar uchun. Ularni fikricha bizga Yevropacha muxlislik madaniyatini olib kirmoqchi ekan. Biz o'zbekmiz, agarda biz Yevropa muxlislari qilayotgan har xil qiliqlari bizni mentalitetimizga to'g'ri kelmaydi. 


Terma jamoa muxlislar klubiga oldindan ishqibozlar orasida yurgan, o'zimiz tanigan, bilgan insonni yetakchi qilib tayinlashsa bo'lardi. 


Biz barcha futbol muxlislari bilan aka-ukadekmiz. Hammaga bir xil qarash kerak, men unaqa qilganman, bunaqa qilganman deb maqtanish bilan ish bitmaydi. Terma jamoa muxlislar klubiga oldindan ishqibozlar orasida yurgan, o'zimiz tanigan, bilgan insonni yetakchi qilib tayinlashsa bo'lardi. Men o'zimni nomzodimni ilgari surmayman. Biz muxlislarga Federatsiya tomonidan qilib beriladigan sharoitlarga rahmat aytaman. Shu o'rinda bir necha yil davomida bizga boshchilik qilib kelgan Abdurahmon Fozilovga minnatdorchilik bildirib qolaman", - deydi "Andijon" muxlislar klubi yetakchisi Nodirbek To'ychiev.



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia