Nihoyat, Mxitaryan Londonda + FOTO

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2018, 09:51
Armaniston terma jamoasi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Buyuk Britaniya poytaxti Londonga yetib keldi.

Bugun “Manchester Yunayted”ning endilikda sobiq futbolchisi “Arsenal”da tibbiy ko'rikdan o'tadi. Kecha “kanonirlar” Genrixning transferi yuzasidan barcha hujjatlarni rasmiylashtirib bo'lishdi. 

Avval xabar berganimizdek, “Arsenal” hujumchisi Aleksis Sanches Mxitaryanning “Manchester Yunayted”dagi o'rnini egallaydi. Sodda til bilan aytganda jamoalar o'z futbolchilarini almashishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif