"Neftchi" bosh murabbiyi va "Navbahor" futbolchisi 3tadan o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2019, 12:22
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

 Unga ko'ra, bir qator futbolchilarga nisbatan turli xil sankciyalar qo'llanildi.


Liga kubogi
Uchrashuv
: “Nasaf” – “Navbahor”
Jarimaga tortildi: Aziz Ibragimov (“Navbahor”)
Sabab: O'yin to'xtatilgan vaqtda raqib uyinchining yuziga urgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun
Qaror: 3 ta o'yinga diskvalifikaciya va 1 million so'm jarima

A Pro-liga
Uchrashuv:
“Neftchi” – “Istiqlol”
Jarimaga tortildi: Asad Do'rmonov (“Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi)
Sabab: Hakam shaniga nomaqbul so'zlar bildirgani uchun
Qaror: 3 ta o'yinga diskvalifikaciya

B Pro-liga
Uchrashuv: “Ittifoq-B” – “Yangier”
Jarimaga tortildi: Asomiddin Mamatov (“Ittifoq-B”)
Sabab: O'yin qoidasini jiddiy tarzda buzgani uchun
Qaror: 2 ta o'yinga diskvalifikaciya

Ayollar chempionati
Uchrashuv:
“Qizilqum-W” – “Dinamo-W”
Jarimaga tortildi: Amina Shodieva (“Qizilqum-W”)
Sabab: O'yin qoidasini jiddiy tarzda buzgani uchun
Qaror: 2 ta o'yinga diskvalifikaciya

Ayollar chempionati
Uchrashuv:
“Neftchi-W” – “Lokomotiv-W”
Jarimaga tortildi: Muhlisa Qosimova (“Neftchi-W”)
Sabab: Raqib futbolchisi shaniga haqoratli so'zlar bildirgani uchun
Qaror: 2 ta o'yinga diskvalifikaciya

Ayollar chempionati
Uchrashuv:
“Neftchi-W” – “Lokomotiv-W”
Jarimaga tortildi: Dildora Ergasheva (“Lokomotiv-W”)
Sabab: Raqib futbolchisi shaniga haqoratli so'zlar bildirgani uchun
Qaror: 2 ta o'yinga diskvalifikaciya

Futzal
Uchrashuv
: “Dinamo” – “Nasaf”
Jarimaga tortildi: Ravshan Ismatullaev (“Dinamo”)
Sabab: Hakam shaniga nomaqbul so'zlar bildirgani uchun
Qaror: 3 ta o'yinga diskvalifikaciya va 1 million so'm jarima

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz