

Mustafo Bayramov va Shuhrat Qoraboevlar murabbiyligidagi yoshlarning Namangandagi yig'inida 50 nafardan ziyod yosh futbolchilar shug'ullanishmoqda. Murabbiylar mashg'ulotlarda qatnashayotgan futbolchilar orasidan iqtidorlilarini saralab olishadi. Dastlabki mashg'ulot “Markaziy” o'yingohning yugurish yo'lakchalarida o'tkazilgan bo'lsa kunning ikkinchi yarmidagi mashg'ulot futbol maydonida bo'lib o'tdi.



