"Nasaf": Shamil Samigulovichni tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
6 iyun 2016, 10:38
Bugun “Nasaf” PFK bosh menedjeri Shamil Samigulovich Yarulinning tug'ilgan kuni. U kishi bugun qutlug' 60 yoshni qarshi oldilar!

Shamil Samigulovichning klubimizga rahbarlik yillari salmoqli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida klubimiz infratuzilmasini rivoji, ishchi-xodimlarga yaratilayotgan sharoitlar, klubimizning qo'lga kiritayotgan yutuqlarini va boshqa ko'plab misollarni keltirish mumkin.

Ayniqsa u kishi rahbarligidagi yoshlarga bo'lgan e'tibor – klub faoliyatining ustivor vazifasiga aylantirilgani e'tibor va etirofga loyiq. Bunday sai-harakatlar bugungi kunda o'z natijasini bera boshladi.

Mehnatga chanqoq, erishilgan yutuqlar bilan kifoyalanib qolmaydigan rahbarimiz, doimo izlanishda va intilishda.

Shamil aka bugun qutlug' 60 yoshga to'ldilar! U kishini klubimizda mehnat qilayotgan barcha-barcha xodimlar nomidan, murabbiylaru-futbolchilar nomidan hamda “Nasaf” klubining ko'pmingsonli muxlislari nomidan samimiy tabriklaymiz! U kishiga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr va baxt-saodat tilaymiz. Rahbar sifatida olib borayotgan mashaqqatli faoliyatingizda aslo charchamang, deymiz!

Yana bir marta tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz