Rimer: "Portugaliya terma jamoasi jahon darajasidagi jamoa ekanini isbotladi"

Sherzod Nurmatov
2 okt 2026, 18:05
Daniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Brayan Rimer UEFA Millatlar Ligasi bahsida Portugaliyadan uchralgan mag'lubiyatga (2:4) izoh berdi.

"Avvalambor, Jorje Jezushni va barcha portugaliyalik futbolchilarni tabriklamoqchiman. Menimcha, portugaliyaliklar “Parken” stadionida o'zlarini ajoyib tarzda ko'rsatishdi va jahon darajasidagi jamoa ekanliklarini isbotlashdi", – dedi Rimer.

Portugaliya Jorje Jezush boshchiligida uchta o'yinda uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi va 9 ochko bilan "A" ligasi 4-guruhida peshqadamlik qilmoqda. Daniya esa 3 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.

Keyingi turda Portugaliya o'z maydonida Norvegiyani qabul qiladi, Daniya esa safarda bahs olib boradi. Har ikkala o'yin 4 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com