"Napoli"ga qarshi o'yinda "Yuventus" sakkiz nafar futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2021, 00:52
Turinning "Yuventus" klubi A Seriyaning uchinchi turidan o'rin olgan "Napoli"ga qarshi o'yinda sakkiz nafar futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi.

Uchrashuv 11 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

Shu kuni Massimiliano Allegri boshchiligidagi klubga Federiko Keza va Lotin Amerikasidagi bir qator futbolchilar yordam bera olmaydi: Paulo Dibala, Xuan Kuadrado, Aleks Sandro, Danilo va Rodrigo Bentankur.

Keza Italiya terma jamoasi ishtirokidagi o'yinda jarohat oldi, Artur va Kayo Xorxe ham jarohat olgan. Biroq Aaron Remzi bo'lajak to'qnashuvda maydonga tusha oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia