MYUning ikki yetakchisi muhim o'yinlarni o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
15 fev 2019, 20:27
"Manchester Yunayted" futbolchilari Jessi Lingard va Antoni Marsyal yaqinlashib kelayotgan o'yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Mankunianliklar bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher matbuot anjumanida ularning 2-3 hafta maydonga tushmasligini ma'lum qildi.

Demak, Lingard va Marsyal "Chelsi" (18 fevral) va "Liverpul" (24 fevral) klublariga qarshi bahslarda qatnashishmaydi.

Ikki yarim himoyachi YCHLning 1/8 finali doirasida PSJga qarshi o'yinda jarohatlanishgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal