

"Qizil iblislar" rahbariyati o'yinchining klubdan ketishni xohlayotgani borasidagi xabarlarni eshitishdan charchadi, MYU shu sabab uning so'rovini qondirishga qaror qildi.
Klub agar 83 million funtlik taklif kelib tushsa, o'yinchi bilan xayrlashadi. Pogba uchun "Real" va "Yuventus" da'vogarlik qilmoqda.
Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.



