MYU futbolchisi jarohat oldi

Mirjalol Normatov
18 noya 2018, 21:58
Bugun Angliya - Xorvatiya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda inglizlar irodali o'yin namoyish qilishdi va so'nggi 10 daqiqalikda g'alabani ilib ketishdi, 2:1.

Ushbu uchrashuv vaqtida Angliya termasi va "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford jarohat oldi, deb xabar beradi "Goal". Shu boisdan Garet Sautgeyt uni almashtirdi.

Hozircha 21 yoshli futbolchining jarohati borasida aniq ma'lumot yo'q. Barchasi tibbiy ko'rikdan so'ng ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal