Mxitaryan siyosiy sabablar tufayli Bokudagi finalda ishtirok etmasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
10 may 2019, 14:35
"Arsenal" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan 29 may kuni Bokuda bo'ladigan "Chelsi"ga qarshi Yevropa ligasi final bahsida ishtirok etmasligi ehtimoli mavjud.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu siyosiy sabablar tufayli ro'y berishi mumkin. Eslatib o'tamiz, Ozarbayjon va Armaniston uzoq vaqtdan beri tog'li Qorabog' tufayli kelisha olishmayapti.

Oldinroq, UEFA "Arsenal" yarim himoyachisiga Ozarbayjon vizasini olishga yordam berishi, biroq "Arsenal" Mxitaryan hayotiga tahdid bo'lishidan qo'rqayotgani haqida xabarlar e'lon qilingan edi.

Oldinroq, Mxitaryan shu sabab tufayli Ozarbayjonga qarshi ikkita evrokubok o'yinlarini o'tkazib yuborgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail