Mourinyo Sanchesning o'yinga tushmayotgani sababini aytdi

Mirjalol Normatov
26 okt 2018, 20:26
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo yarim himoyachi Aleksis Sanchesning o'yinlarga tushmayotgani sababini aytdi.

"Aleksis uchun hozir og'ir damlar o'tmoqda, chunki uning jarohati bor. U "Chelsi"ga qarshi o'yingacha safga qaytgandi. Ammo uning jismoniy holati yomon edi. Sanches yana mashg'ulotlarda qatnasha olmay qoldi, shu boisdan "Yuventus"ga qarshi o'yinga tayyor bo'lmadi. Yakshanba kuni "Everton"ga qarshi bahsda ham qatnasha olmaydi. U hozir jismoniy holatini tiklab olishi kerak", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports