Mourinyo - Fariyaning ketishi haqida: "Talaba endi ekspertga aylanmoqda"

Mirjalol Normatov
13 may 2018, 13:10
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo yordamchisi Ruy Fariya bilan iliq xayrlashdi.

"17 yil... Leyriya, Portu, London, Milan, Madrid, yana London va Manchestyerda birgalikda shuncha yilni o'tkazdik. Mashg'ulotlar, o'yinlar, sayohatlar, darslar, quvonchli onlar, baxt ko'z yoshlari. 17 yildan keyin bolakay haqiqiy erkakka aylanmoqda. Intelligent talaba endi futbol ekspertga aylanmoqda va omadli faoliyatga tayyor.

Do'stim, seni sog'inaman, bu esa men uchun eng qiyini. Biroq uning baxti - eng asosiysi, uning qarorini hurmat qilaman. Chunki bir kun kelib u bilan yana birga ishlashimni bilaman. Hamisha xursand bo'lib yur, do'stim", - dedi Mourinyo klub matbuot xizmatiga.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com