Monako ustozi o'zbekistonlik futbolchi o'ynayotgan klubda ishlashga yaqin

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2017, 08:23
Monako ustozi Leonardu Jardim katta ehtimol bilan Xitoyda ish boshlaydi.

Murabbiy Beyjing Goan klubi bilan 3 yillik shartnoma va yiliga 12 million evro maosh borasida kelishib olgan.

Xitoyliklar murabbiy uchun Monakoga tovon pulini kelishib olishsa bo'lgani. Jardimning shartnomasida kelishuvni muddatdan avval buzgani uchun 15 million evro to'lanishi haqida band bor. Ayni paytda Beyjing 8 million taklif qilmoqda.

Yakunlangan mavsumda Jardim klubni Fransiya chempioni qildi va YCHLda yarim finalga olib chiqdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: abola.pt