Modrich faoliyatida ilk marta to'g'ridan-to'g'ri qizil oldi

Eldor Akmurzayev
17 avg 2019, 22:25
Real yarim himoyachisi Luka Modrich Seltaga qarshi (3:1) o'tgan Ispaniya chempionati yangi mavsumining ilk turida qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Ushbu vaziyat ikkinchi bo'limning boshida ro'y berdi. Shunday qilib xorvatiyalik xavbek faoliyatida ilk bora to'g'ridan-to'g'ri qizilga munosib ko'rildi. 

P.S. Avvalroq, 33 yoshli futbolchi Ispaniya Superkubogida ikkita sariq olib, o'yindan chetlatilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta