"Milan" "Tottenxem" himoyachisi Tangangani xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi

Alisher
28 iyul 2022, 13:55
"Milan" "Tottenxem" himochisi Jafet Tangangaga qiziqishni saqlab turibdi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, Milan klubi muzokaralarni davom ettirmoqda va "shporlar"ga 23 yoshli angliyalikni xarid qilish huquqi bilan yangi mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishni taklif etdi.

Tanganga - "Tottenxem" tarbiyalanuvchisi. Futbolchi o'tgan mavsum jamoa tarkibida 19ta o'yinda maydonga tushdi.

Transfermarkt o'yinchini 12 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira