"Milan" YCHLda beshta o'yindan beri gol ura olmayapti

Aziz Tukhtamuradov
26 okt 2023
"Milan" Yevropa chempionlar ligasida ketma-ket beshinchi o'yinda gol ura olmadi.

Stefano Pioli jamoasi kecha 3-tur doirasida safarda PSJga 0:3 hisobida yutqazdi. 

Bungacha jamoa "Borussiya D" va "Nyukasl" bilan 0:0 hisoblarini qayd etgandi. 

O'tgan yili jamoa yarim finalda "Inter"ga 0:1 va 0:2 hisoblarida mag'lub bo'lgandi. 

Shu tariqa, "Milan" YCHLda ketma-ket beshta o'yinda gol ura olmagan ilk italyan jamoasi bo'ldi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta