Mauro Ikardidan qoyilmaqom natija

4 apr 2019, 09:35
Ikardi fevral oyidan buyon ilk marta “Inter” safida kecha maydonga tushdi.

Futbolchi “Jenoa” darvozasiga 1 ta gol urib, 1 ta golli pasni amalga oshirdi. Ma'lum qilinishicha, argentinalik hujumchi A Ceriyaning so'nggi 7 ta mavsumidan 6 tasida kamidan 10 tadan gol urib kelmoqda.

Ikardi debyut qilgan 2013/14 yilgi mavsumda 9 ta gol urgandi. 2012/13 yilgi mavsumda esa futbolchi “Sampdoriya” safida 10 ta gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta